“Ralli Muynoq-2019” musobaqasi gʻoliblariga “Neksiya” va “Spark” avtomashinalari topshirildi

Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida 420 kilometrlik masofaga oʻtkazilgan ralli musobaqasi yakunlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan “Ralli Muynoq-2019” musobaqasi Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligi boʻylab tashkil qilindi.

Moʻynoq tumanida turizmni rivojlantirish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan musobaqaning yopilish marosimi 5 may kuni oʻtkazilib, gʻoliblarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov taqdirladi.

Ikki toifada oʻtkazilgan musobaqaning gʻoliblariga “Prezident sovgʻasi” sifatida “Neksiya” hamda “Spark” avtomobillari topshirildi.

“A-8” toifali, motor sigʻimi 1600 sm3 gacha boʻlgan avtomobillar oʻrtasida jizzaxlik Furqat Axrorqulov gʻolib boʻldi va “Spark” mashinasini qoʻlga kiritdi.

“A-9” toifali, motor sigʻimi 2000 sm3 gacha boʻlgan avtomobillar poygasida Andijon viloyatidan Sardor Xoʻjayev gʻolib boʻldi va “Neksiya” avtomashinasiga ega chiqdi.

Ikkinchi va uchinchi oʻrin egalariga mos ravishda 15 hamda 7 million soʻmdan pul mukofotlari topshirildi.

“Ralli Moʻynoq-2019” gʻoliblari:

“A-8” toifali avtomobillar oʻrtasida, motor sigʻimi 1600 sm3 gacha

1-oʻrin: Jizzax viloyatidan Furqat Axrorqulov (shturman: Asqar Hasanov), “Spark” avtomashinasi

2-oʻrin: Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Timur Narziqulov (shturman: Qilichbek Narziqulov), 15 mln.soʻm

3-oʻrin: Andijon viloyatidan Ibrohim Toʻychiyev (shturman: Abdumannon Kazakov), 7 mln.soʻm

“A-9” toifali avtomobillar oʻrtasida, motor sigʻimi 2000 sm3 gacha

1-oʻrin: Andijon viloyatidan Sardor Xoʻjayev (shturman: Akmal Joʻrayev), “Neksiya” avtomashinasi

2-oʻrin: Toshkent shahridan Jahongir Jabborov (shturman: Rauf Gasanov), 15 mln.soʻm

3-oʻrin: Namangan viloyatidan Alikay Xayrullayev (shturman: Rahim Shermatov), 7 mln.soʻm

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169