Sport yulduzlari poytaxt yoshlarini ommaviy sportga chorlamoqda


Bugun, 5-may kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari mutasaddilari, sport faxriylari, taniqli sportchilar, poytaxtimiz yoshlari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
 


Tadbirning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri boʻlgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan ikkinchisi tashabbus boʻyicha dolzarb vazifalar belgilanganligini taʼkidlab, ushbu loyiha ham poytaxt yoshlari oʻrtasida sportga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida oʻtkazilayotganligini maʼlum qildi.
 

Tadbirga tashrif buyurgan yoshlarga hamda ularning ota-onalariga poytaxtimizda mavjud sport seksiyalari haqida maʼlumotlar jamlangan bukletlar tarqatildi. Bundan tashqari bogʻ hududiga Toshkent shahridagi sport maktablari haqida maʼlumot beruvchi bannerlar joylashtirildi.

Bogʻning turli burchaklarida sport turlari boʻyicha koʻrgazmali maydonchalar tashkil etildi. Tashrif buyurganlar bu yerda oʻzlarini qiziqtirgan sport turi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlarni tomosha qilish, mashhur sportchilar bilan mahorat darslari oʻtkazib, oʻzlari xohlagan toʻgaraklarga aʼzo boʻlish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
 

Tadbir davomida yoshlar oʻrtasida turli xil sport oʻyinlari ham oʻtkazildi.

Shuningdek, 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan oʻtkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilariga “Sharaf lentasi” tarqatildi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Toshkent shahrida 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan aholi soni 482 110 nafar (226 723 qizlar)ni tashkil etib, ularning 100 247 nafar yaʼni 20,7 foizi muntazam ravishda sport mashgʻulotlariga jalb qilingan.

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sport seksiyalariga jalb qilinmagan 381 863 nafar poytaxt yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada, ulardan 60 330 nafari, yaʼni 15,7 foizi sport bilan shugʻullanish istagi borligi maʼlum qilishgan.

2019 yilning 1 dekabriga qadar poytaxtimizda yana 50966 nafar yoshlarni sport mashgʻulotlariga jalb qilish orqali yuqoridagi koʻrsatkichni 40 foizdan oshirish rejalashtirilmoqda.

Bunda, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bitiruvchi talabalaridan 84 nafari 23 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinadi.

Poytaxtdagi barcha taʼlim muassasalarida hamda sport inshootlaridagi mavjud sport seksiyalariga qoʻshimcha ravishda yana 393 ta sport seksiyalari tashkil etiladi. 

Aholi, shu jumladan, band boʻlmagan yoshlar oʻrtasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jami 640 ta ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, yoshlarimizda jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni, ayniqsa, Jahon va Olimpiya oʻyinlari chempionlarini Toshkent shahridagi 11 ta tumanga biriktirildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169