Moʻynoqda ralli musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Gʻoliblarga avtomobil beriladi



3-may kuni Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida 420 kilometrlik masofada ralli musobaqasi start oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Ralli Muynoq-2019” musobaqasi Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligi boʻylab tashkil qilindi.
 

Musobaqaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Sharifjon Moʻminjonov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev ushbu turnir Moʻynoq tumanida turizmni rivojlantirish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qilishini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.
 


Mazkur avtomobil poygasi ishtirokchilari tuman markazidan boshlanib, Qora jar posyolkasi, Sudochye koʻli va Ustyurt tekisligi orqali Orol dengizi qirgʻogʻidagi oʻtovlargacha choʻzilgan yoʻnalishda harakatlanishdi. 3-may kuni kechqurun shu yerda tunagan sportchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Bugun poygachilar xuddi shu yoʻnalishda ortga qarab harakatlanishdi. Ralli trassasi boʻylab ishtirokchilar diyorimizning goʻzal manzarasi, xususan, Sudochye koʻli, Urga – eski baliqchilar qishlogʻi, Ustyurt kanyonlari, koʻchmanchi qabilalar yashagan tarixiy maskanlar, dengiz qirgʻogʻidagi XII-XIII asrlarga tegishli karvon saroy, olislab ketgan Orol dengizi va Kemalar qabristonini tomosha qilishdi.

Musobaqa Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

“Ralli-Moʻynoq-2019” poygasi 8-9-toifali avtomobillar oʻrtasida oʻtkazilmoqda.

Musobaqa gʻoliblarini taqdirlash 5-may kuniga belgilangan boʻlib, bosh sovrin sifatida 8-toifa boʻyicha gʻolib sportchiga Spark, 9-toifa gʻolibiga esaNeksiya avtomobili topshiriladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169