Poytaxtimizda sport-taʼlim muassasalari direktorlari uchun respublika oʻquv seminari oʻtkazildi


26-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida respublika oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

 

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining rahbarlari hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Sharifjon Moʻminjonov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan beshta tashabbus boʻyicha, xususan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratishga yoʻnaltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar xususida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng maʼruza qilgan vazirlikning Fan, sport va taʼlim muassasalarini ilmiy metodik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi Azizbek Xasanov muassasalarga oʻquvchilarni qabul qilishda hududlardagi real ehtiyojlarni oʻrganish, sport inshootining salohiyati undagi trenerlar va sport jihozlarning holatiga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, muassasalarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, oʻquv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish, kerakli adabiyotlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida aytib oʻtdi.

Navbatdagi maʼruzachi vazirlikning yuridik boʻlim boshligʻi Sherzod Karimov sport taʼlimi muassasalari rahbarlariga korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha muassasalarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

 

Tadbirda shuningdek, taʼlim muassasalari xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy xatoliklarga sharoit yaratmaslik choralarini koʻrish, ichki hujjatlarni tartibga keltirish hamda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik samarali qilish mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Oʻquv seminarning amaliy qismi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida davom ettirildi.

 

Yakunda ishtirokchilarga ushbu seminar davomida olgan bilim va koʻnikmalarini oʻz muassasalarida amaliyotga joriy etish vazifasi yuklandi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169