Yosh chavandozlarimiz yurtimiz ilk marotaba mezbonlik qilgan nufuzli turnirda qanday natija qayd etishdi ?

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sporti klubida uch kun davom etgan “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogi yakuniga yetdi.

 

Ushbu musobaqa ot sporti boʻyicha 15 yoshgacha boʻlgan chavandozlar oʻrtasida oʻtkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanib, ushbu sport turi boʻyicha bunday saviyadagi musobaqa Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazildi.

Yirik xalqaro musobaqada sayyoramizning besh qitʼasidagi 12 davlatdan yigʻilgan eng iqtidorli chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqada har bir mamlakatdan oltin tur natijalariga koʻra oʻz FEI guruhida eng yaxshi 10 talikka kira olgan sportchilarning ishtirok etishiga ruxsat etilganidan ham bahslarda qay darajada mahoratli sportchilar qantashganini koʻrishimiz mumkin.

Xalqaro bolalar kubogining ilk kunida ishtirokchilar belgilangan masofani tez va bexato bosib oʻtish boʻyicha oʻzaro raqobatlashdi. Unda rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli oti bilan eng yaxshi natija qayd etib, 1-oʻringa sazovor boʻlgan boʻlsa, terma jamoamiz aʼzosi Zokir Toʻrajonov oʻzining Charlz Teron laqabli oti bilan ikkinchi yaxshi natijani qayd etdi. Yana bir vakilimiz Miryoqub Ismolilov esa Ledi laqabli tulpori bilan 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqaning ikkinchi kunida chavandozlar balandligi 1 metru 10 santimetr boʻlgan toʻsiqlarni tez va bexato bosib oʻtish boʻyicha oʻzaro musobaqalashdi. Ushbu bahslarda sovrinli oʻrinlarni Meksika, Suriya va Rossiya vakillari boʻlishib oldi.

 

Soʻnggi kunida ishtirokchilar balandligi 1 metru 10 santimetr boʻlgan toʻsiqlardan sakrash boʻyicha oʻzaro bahslashdi. Shunisi eʼtiborliki, ilk urinishda biryoʻla 10 (!) nafar yosh chavandoz deyarli bir xil natijani qayd etdi va gʻolibni aniqlash uchun yana qayta sakrashiga toʻgʻri keldi. Ana shu 10ta omadli chavandoz safidan oʻzbekistonlik sportchilarning barchasi oʻrin olishgani ham tahsinga loyiq.

 

Ikkinchi urinishda hamyurtimiz Li Sofiya eng past natija koʻrsatgan boʻlsa, yana bir vakilimiz Abdurahmon Abdullayev 5-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Zokir Toʻrajonov oʻzining Charlz Teron laqabli otida belgilangan masofani atigi 35 soniyada va bexato bosib oʻtdi. Bu natija uni musobaqa peshqadamiga aylantirgandi.

 

Ammo Zokirning quvonchi uzoqqa choʻzilmadi, oradan koʻp oʻtmay yana bir vakilimiz Miryoqub Ismoilov Ledi laqabli oti bilan undanda yaxshiroq natija koʻrsatdi. Koʻpchilik “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final-2019” musobaqasining oltin va kumush medallari mezbonlarga nasib etishini taxmin qilib turgan bir pallada ikkinchi bosqichning soʻnggi vakili rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli tulporida ajoyib chiqishi bilan Miryoqubdan atigi 0,01 soniyaga ortda qolgan holda yakunda ikkala oʻzbekistonlik chavandoz orasidan joy oldi.

 

Shu tariqa “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final-2019” musobaqasida hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medaliga sazovor boʻldi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169