Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Xabaringiz bor, 19-21-aprel kunlari poytaxtimizdagi badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Bugun Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida badiiy gimnastikachilarimiz tomonidan tayyorlangan turli koʻrgazmali chiqishlardan iborat dastur namoyish etildi. Yosh gimnastikachilarning mahorat bilan, kuy-qoʻshiqlar sadolari ostida namoyish etgan koʻrgazmali chiqishlari tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Musobaqaning tantali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, mamlakat gimnastika federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi:

“Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yigʻiladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan juda mamnunmiz. Ishonchim komilki, Toshkentda oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi eng yuqori saviyada oʻtadi va uning barcha ishtirokchilari oʻzlarining yuksak mahoratlarini namoyish etishadi.”– dedi O.Qosimov

 

Eslatib oʻtamiz, dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar toʻplangan. Ishtirokchilarning 39 nafari oʻzlarining yakkalik dasturini namoyish etishadi. 6 jamoa guruh bahslarida ishtirok etishadi.

 

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Vatanimiz sharafini yakka holda isteʼdodli murabbiy Liliya Vlasovaning ikki nafar shogirdi - Sabina Toshkenboyeva va Yekaterina Fetisova, guruh mashqlarida esa Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Yekaterina Pirojkova hamda Raʼno Muhamedova rahbarligida Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyevalardan iborat jamoa himoya qilmoqda.

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169