Karatechilarimiz Marokashda oʻtkaziladigan “Premyer Liga” xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi

19-21-aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida “Karate-1” seriyasiga kiruvchi premyer liga musobaqalari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadigan mazkur yirik turnirda dunyoning 78 davlatidan 700 nafarga yaqin kuchli karatechilar medallar bilan birga Tokio olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi.

 

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

 

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov

-67 kg: Sanjar Abdukarimov

-67 kg: Iqboljon Uzoqov

-75 kg: Dostonbek Otabolayev

 

Ayollar:

-50 kg: Bahriniso Boboyeva

-61 kg: Barno Mirzayeva

 

Maʼlumot uchun: A seriyasi toifasiga kiruvchi “Karate-1” deb nomlangan Premyer liga bahslari joriy yil 7 bosqichda oʻtkazilishi rejalashtirilgandi. Uchinchisi Marokashda uyushtirilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning dastlabkilariga Fransiya (Parij) va BAA (Dubay) mezbonlik qilgan. Keyingi bosqichlar Shanxay (Xitoy, 7-9-iyun), Tokio (Yaponiya, 6-8-sentabr), Moskva (Rossiya, 4-6-oktabr) va Madrid (Ispaniya, 29-noyabr – 1-dekabr) shaharlarida oʻtadi. 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.06.2019 | 23:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169