Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi boʻlib oʻtmoqda


Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo ochiq kubogi boshlandi.

Uchqun Murodov xotirasiga bagʻishlab tashkil etilgan musobaqada BAA, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan jami 245 ishtirokchi (161 oʻsmir va 84 qiz) sovrinli oʻrinlar uchun kurashadi. Ishtirokchilar soniga koʻra, tabiiyki Oʻzbekiston yetakchi (111), Qozogʻiston (82) ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.

Bahslar oʻsmirlar oʻrtasida -50, -55, -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg va qizlar oʻrtasida -40, -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg vazn toifalarida tashkil etiladi.

Musobaqaning tantali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov mazkur turnirning ahamiyatiga alohida toʻxtaldi.

“Anʼanaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqaning nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda. Turli davlatlardan kelgan yosh polvonlar bellashuvlari ularning tajribalarini oshirish, dzyudoni yanada ommalashtirish va yangi isteʼdodlarni kashf etishga xizmat qilmoqda” – dedi Oybek Qosimov.

Dastlabki kun bahslarida quyidagi sportchilar gʻolib va sovrindorlar safidan joy olishdi:

 

Qizlar

-40 kg 

1. Jasmina Vladimirova (Oʻzbekiston)

2. Ulboʻsin Hakimova (Oʻzbekiston)

3. Muhayyo Ahmatova, Ayshabibi Muradimova (Qozogʻiston)

 

-44 kg

1. Halimajon Qurbonova (Oʻzbekiston)

2. Assemkul Baltabay (Qozogʻiston)

3. Diana Burkeyeva (Qozogʻiston), Fotimaxon Tursunboyeva (Oʻzbekiston)

 

-48 kg

1. Tansulu Tleubergen (Qozogʻiston)

2. Arujan Yerejepova (Qozogʻiston)

3. Madinaxon Akramova, Balnur Abdeshova (ikkalasi Oʻzbekiston)

-52 kg

1. Ayim Jumagaliyeva (Qozogʻiston)

2. Maftuna Adhamova (Oʻzbekiston)

3. Ayaulim Kuanishova (Qozogʻiston), Ahliya Moʻminova (Tojikiston)

 

Oʻgʻil bolalar

 

-50 kg 

1. Nurkanat Serikbayev (Qozogʻiston)

2. Bahrom Botirov (Oʻzbekiston)

3. Temurbek Bobomurodov, Arturbek Vafoyev (ikkalasi Oʻzbekiston)

 

-55 kg

1. Kayrjan Junisbek (Qozogʻiston)

2. Saidjon Boboqulov (Oʻzbekiston)

3. Yerlan Sovetxan, Aslan Les (ikkalasi Qozogʻiston)

 

-60 kg 

1. Azizbek Ortiqov (Oʻzbekiston)

2. Marlen Adil (Qozogʻiston)

3. Nursultan Zayzagaliyev, Yekilas Alseyt (ikkalasi Qozogʻiston)

 

-66 kg

1. Tilegen Tinarbay (Qozogʻiston)

2. Samandar Toshboyev (Oʻzbekiston)

3. Yevgeniy Kuku (Rossiya), Jaloliddin Boltaboyev (Oʻzbekiston)

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169