Bokschilarimiz Osiyo chempionatiga qanday tayyorgarlik koʻrdi?

17-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati bahslari oʻtkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari barcha 10ta vazn toifasida gʻoliblik uchun ringga koʻtariladi. Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizda matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining oʻrinbosari Saken Polatov, terma jamoa murabbiylari va aʼzolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

 

Anjuman avvalida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari O.Qosimov soʻnggi yillarda Oʻzbekiston boks federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni eʼtirof etgan holda boʻlajak musobaqada mamlakatimiz charm qoʻlqop ustalaridan yuksak natijalar kutayotganini bildirdi.

Shundan soʻng erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov Osiyo chempionati oldidan terma jamoamiz aʼzolari bir qator yigʻinlarda ishtirok etgani, ayniqsa xorijdagi xalqaro turnirlar bokschilarimizning tayyorgarligini koʻzdan kechirishda muhim omil boʻlganini taʼkidladi.

 

Ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Lochin Qoʻchqorov esa musobaqaga tayyorgarlik jarayonidan koʻngli toʻlgani, xususan yaqinda yurtimizda tashkil etilgan yigʻin va unda qozogʻistonlik mashhur bokschi Feruza Sharipovaning ishtiroki yosh qizlarimiz uchun katta mahorat maktabi vazifasini oʻtaganligini eʼtirof etdi.

 

Maʼlumki, terma jamoamiz tarkibidagi eng tajribali bokschilarimizdan biri Hasanboy Doʻstmatov yaqinda oʻz vazn toifasini oʻzgartirdi, endi u 52 kg.gacha boʻlgan vaznda ringga chiqmoqda. Xoʻsh, sportchimizni boshqa vazn toifasiga oʻtishiga nima sabab boʻldi? 

H.Doʻstmatov (terma jamoa aʼzosi) - Xabaringiz bor, avval 49 kg. vazn toifasida ringga chiqardim. Ammo bu menga muhim musobaqalar paytida qiyinchilik tugʻdirar edi, har safar 7-8 kilo vazn haydash sportchini charchatib qoʻyadi. Oxirgi 3-4ta musobaqada 52 kg. vaznda ringga tushyapman va hozir yangi vaznda oʻzimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Balki ishonmassiz, ammo ayni paytda jismoniy holatim xuddi Rio olimpiadasidagidek. Nasib qilsa yangi vaznda ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilaman.

 

Anjuman davomida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga atroflicha javob oldi.

 

O‘zA

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169