Yurtimiz ilk marotaba ot sporti boʻyicha xalqaro bolalar kubogiga mezbonlik qiladi



Joriy yilning 17-21-aprel kunlari yurtimizda ot sporti boʻyicha “FEI Jumping Childrenʻs Classic Final 2018” xalqaro bolalar kubogi final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqa ot sporti boʻyicha 15 yoshgacha boʻlgan chavandozlar oʻrtasida oʻtkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanib, ushbu sport turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sport bazasida oʻtkazilayotgan musobaqaga Germaniya, Braziliya, Irlandiya, Argentina, Meksika, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika kabi dunyoning 12 davlatidan hakamlar, yosh sportchilar va mehmonlar jami 80 nafarga yaqin xorijliklar tashrif buyurishadi.

Hakamlar hayʼatiga fransiyalik Patris Alvado rahbarlik qiladi.

Musobaqa qoidalariga koʻra mezbon davlatdan 4 nafar va har bir mamlakatdan oltin tur natijalariga koʻra oʻz FEI guruhida eng yaxshi 10 talikka kira olgan sportchilardan 2 nafarining ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Shunday qilib, gʻalaba uchun 12-14 yoshdagi 20 nafar yosh chavandozlar bahsga kirishadilar.

Soʻngi paytlarda yurtimizda ot sportini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va shu kabi nufuzli turnirlarga mezbonlik qilish – yosh chavandozlarimiz mahoratini oshirishga, elitaga kirish imkoniyati, yaxshi imidj, obroʻ, investitsiya va turistik jihatdan jozibadorlikni yaratishga xizmat qiladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169