Qarshi shahrida oʻtkazilgan “Amir Temur izdoshlari marafoni”da 100 ming nafarga yaqin kishi ishtirok etdi

Bugun 10-aprel kuni Qarshi shahridagi Islom Karimov koʻchasi boʻylab viloyat hokimligi binosidan “Vatanparvarlar bogʻi” hududigacha boʻlgan masofada “Amir Temur izdoshlari marafoni” oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2018-yil 20-sentyabr kuni Prezident huzurida boʻlib oʻtgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, 2019-yil-19-mart kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda koʻtarilgan 5 ta muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash, xususan, aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Marafonda hududda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot, korxonalar rahbarlari va ishchi xodimlari, xalq taʼlimi hamda oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlari talabalari, tuman (shahar) hokimliklari va tashkilot xodimlari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari, nuroniylar, faxriylar ishtirok etishdi, qatnashchilarning umumiy soni esa 100 000 nafarga yaqinlashdi.

“Amir Temur izdoshlari marafoni” gʻolib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169