Taekvondochilarimiz birinchi Osiyo – Tinch okeani chempionatida 14 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi


29-31-mart kunlari Malayziya davlatining Shax-alam shahrida taekvondo (ITF) bo‘yicha I Osiyo – Tinch okeani chempionati boʻlib oʻtdi.

Dunyoning 14 davlatidan 1824 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 14 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Delegatsiyamizga Oʻzbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi. 

Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 14 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni koʻlga kiritishdi.


 


Bundan tashqari, musobaqadagi xalqaro toifadagi hakamlar tarkibidan hamyurtlarimiz Ubayt Mukarramov, Javlon Askarov va Zuxra Ergasheva joy olishdi.

Chempionatda vakillarimiz qoʻlga kiritgan yutuqlar quyidagicha:

1. Alloberdiyeva Nilufar 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin , tul 1-oʻrin

2. Oktyabrov Shahobiddin 14 yosh, (45 kg) sparring 2-oʻrin

3. Shaniyazov Behruz 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin

4. Yerkayev Nurbek 15 yosh, (48 kg) sparring 1-oʻrin

5. Xokimov Hojiakbar 10 yosh, (30 kg) sparring 1-oʻrin, tul 2-oʻrin

6. Jumanazarov Abrorbek 10 yosh, (36 kg) sparring 1-oʻrin, tul 2-oʻrin

7. Omonov Umidjon 15 yosh, (57 kg) sparring 1-oʻrin

8. Nosirova Xurshida 11 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin, tul 1-oʻrin

9. Mustafoyev Muhammad 8 yosh, (20 kg) sparring 1-oʻrin, tul 3-oʻrin

10. Raufov Timur 8 yosh, (25 kg) sparring 1-oʻrin

11. Hamidullayeva Omina 7 yosh, (20 kg) sparring 1-oʻrin

12. Hamidullayev Abdurazzoq 8 yosh, (24 kg) sparring 1-oʻrin

13. Hamidullayev Abdujabbor 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin

14. Murodullayev Sherzodjon 17 yosh, sparring 2-oʻrin, tul 3-oʻrin

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati
 

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169