Qoʻl jangi ustalari Toshkentda bellashmoqda


Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida qoʻl jangi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida mamlakat chempionati oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi va bir qator tashkilotchilar tomonidan oʻtkazilayotgan chempionatda 500 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Chempionatni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston terma jamoasini mahoratli sportchilar bilan toʻldirish va xalqaro maydonlarda munosib qatnashishdir.

Musobaqaning ochilish marosimida bir qator sportchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport ustasi guvohnomasi topshirildi.

Musobaqaning final bahslari 31-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.06.2019 | 23:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169