Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra, kasb-hunar kollejlarida yangi yoʻnalishlar tashkil etiladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari boʻyicha kafedra tashkil qiladi;

 

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavr yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

 

Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar kasb-hunar kollejlarida sport inshootlariga va qishki sport turlari boʻyicha xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻnalishlar tashkil qiladi.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2019-yildan Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bagʻishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qiladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169