Har yili 20 nafar yosh professor-oʻqituvchilar va trenerlar oʻqish hamda malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2019-2023-yillar mobaynida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan istisno tariqasida tanlov oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri 20 nafar yosh professor-oʻqituvchilar va trenerlarning xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida taʼlim olish, malaka oshirish, stajirovka oʻtash xarajatlarini “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga asosan 2019-2023 yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida taʼlim olgan, malaka oshirgan, stajirovkadan oʻtgan professor-oʻqituvchilar va trenerlar davlat taʼlim muassasalarida qishki sport turlari yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida kamida 5 yil muddat faoliyat olib boradilar.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169