Gimnastikachilarimiz xalqaro Gran-pri turniri va jahon kubogida ishtirok etishadi



Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 28-mart kuni Yevropaga yoʻl oladi. 8-aprelga qadar koʻhna qitʼaning bir yoʻla ikki davlatida sportning eng nafis turi boʻyicha ketma-ket ikkita yirik musobaqa boʻlib oʻtadi va ularning har ikkalasida mamlakatimiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastlab Fransiyaning Tye shahrida qizlarimiz xalqaro Gran-pri turnirida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqa 1 aprel kuni nihoyasiga yetadi va shundan soʻng gimnastikachilarimiz 3-8-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan jahon kubogi bosqichida qatnashish uchun Italiyaning Pesaro shahriga yoʻl olishadi.

Musobaqalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi uch murabbiy va 8 sportchidan iborat boʻlib, yurtimiz sharafini Nilufar Shomuradova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova, Sevara Safoyeva, Sabina Tashkenbayeva va Yekaterina Fetisova himoya qilishadi.

 

Shuningdek, delegatsiyamizdan ikki nafar hakam va shifokor ham oʻrin olgan.

 

Qizlarimizdan yaxshi natijalar kutib qolamiz.

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169