Ertaga poytaxtimizda “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan I xalqaro Toshkent yarim marafoni oʻtkaziladi

Ertaga, 24 mart kuni poytaxtimizda “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan I xalqaro Toshkent yarim marafoni oʻtkaziladi.

Ilk marotaba oʻtkazilayotgan xalqaro yarim marafon sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, poytaxtimiz ahli hamda mehmonlari oʻrtasida yugurishni ommalashtirish, xalqaro doʻstlik aloqalarini va sport turizmini rivojlantirish, Oʻzbekistonning kuchli marafonchilarini aniqlash, poytaxtimizni ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishga imkon beradigan zamonaviy shahar sifatida tanitish hamda xorijiy mamlakatlardan sportchi va sayyohlarni jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda.

5 kilometrlik masofa xaritasi

Havaskorlar uchun 5 kilometr, professionallar uchun esa 21 kilometr masofada oʻtkaziladigan marafon start va finish chizigʻi Afrosiyob hamda Beshyogʻoch koʻchalari kesishmasida (“Humo aren” yaqinida) joylashgan boʻlib, Nukus, Abdulla Qodiriy, Mustaqillik shoh koʻchalari boʻylab metroning Buyuk ipak yoʻli bekatiga, keyin Mirzo Ulugʻbek, Taraqqiyot koʻchalari orqali Amir Temur maydoni, Oʻzbekiston koʻchasi, Mustaqillik maydoni, Abdulla Qodiriy va Abay koʻchalari boʻylab oʻtkaziladi.

21 kilometrlik masofa xaritasi

21 kilometrlik masofaga 18 yoshdan oshganlar va 5 kilometrga yugurishda 15 yoshdan katta boʻlgan ayollar va erkaklar, shuningdek, 46-55, 56-65, 66 va undan katta yoshdagilar ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Bundan tashqari 1 kilometr masofaga yugurish ham amalga oshirilib, unda imkoniyati cheklanganlar ishtirok etishlari kutilmoqda.

I xalqaro Toshkent yarim marafonida dunyoning 23 davlatidan kelgan 200 dan ortiq professional atletlar ishtirok etadi.

Xalqaro yarim marafon poytaxtimizning diqqatga sazovor hududlari, markaziy koʻchalari boʻylab tashkil etilib, boshlanish va yakunlanish joyida “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Xarajatlar homiy tashkilotlar, korxonalar, shuningdek xorijiy kompaniyalar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Marafon gʻolib va sovrindorlari (1-8-oʻrinlar) 3 milliondan 12 million soʻmgacha, 5 kmlik masofada 1-6-oʻrinlar uchun 500 ming soʻmdan 2 million soʻmgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Soat 09:00da boshlanadigan Toshkent I xalqaro yarim marafoni 3 soat davom etib, soat 12:00da yopilish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169