Poytaxtimizda yangi yopiq turdagi yana bir suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-iyun kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida qilgan tashrifi davomida mazkur hududda yangi usti yopiq suv inshooti qurish taklifi bildirilgan edi. “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Yurtboshimiz topshirig‘i bilan boshlangan yana bir savobli ish nihoyasiga yetkazildi.

Bugun, 20-mart kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasida yangi yopiq turdagi basseyn foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan barpo etilgan obyektning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Ushbu majmuani qurish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 5 milliard soʻm ajratildi. Obyektda 11x25 metr oʻlchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shugʻullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar mavjud.

Mirzo Ulugʻbek tumani 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 120 nafar oʻgʻil-qiz suzish sporti sirlarini oʻrganishi uchun sharoit yaratilgan. Eʼtiborlisi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga jamgʻarma tomonidan 52 nomdagi 70 million soʻmlik jihozlar ham topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida keltirib oʻtish joiz, 2018-yil boshidan buyon Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablag‘lari hisobidan yopiq suv havzasi boʻlmagan hududlarda jami 10 ta zamonaviy basseyn qurildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169