Qashqadaryoda oʻtkazilgan xalqaro miqyosidagi koʻpkari va milliy xalq oʻyinlari gʻoliblariga avtomobillar, 1 mlrd soʻmlik sovgʻalar berildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil dekabr oyida Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Qorabayir zotli otlar dovrugʻini keng yoyish maqsadida Navroʻz bayrami arafasida Xalqaro koʻpkari oʻyinlari oʻtkazish tashabbusini ilgari surgan edi.

Shu munosabat bilan kuni kecha Qashqadaryoda Xalqaro koʻpkari va milliy xalq oʻyinlari tashkil etildi.

2019-yil 18-mart kuni Kitob tumanining togʻ yon bagʻrida joylashgan soʻlim “Qaynar” qishlogʻi hududida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqa doirasida milliy kurash, arqon tortish, tosh koʻtarish kabi milliy xalq oʻyinlari ham oʻtkazildi.

Ushbu yirik sport anjumanida qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Turkmaniston davlatlaridan va respublikamizning barcha viloyatlaridan 8000 nafarga yaqin chavandoz-u polvonlar ishtirok etishdi.

Kurash musobaqasida mutlaq gʻolib deb topilgan qashqadaryolik mashhur polvon Sherali Joʻrayevga Prezident sovrini – “Spark” avtomobili berildi.

Koʻpkari oʻyini ham murosasiz olishuvlarga boy boʻldi. Prezident sovrini uchun Markaziy Osiyo davlatlari, qoʻshni Afgʻoniston chavandozlari ham ot choptirgan koʻpkarida shahrisabzlik Sirojiddin Jovliyev “Fonar” laqabli oti bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritib, “Lacetti” avtomobilini mukofot sifatida qabul qilib oldi.

Shuningdek, boshqa gʻolib va sovrindor polvonlarga tuya, ot, qoramol, qoʻchqor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, televizor, mikrotoʻlqinli pech va turli miqdordagi pul mukofotlari kabi umumiy qiymati 1 milliard soʻmdan ortiq bo‘lgan sovgʻalar topshirildi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169