Ogʻir atletikachimiz oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 6 kunida yana 5 ta medalni qoʻlga kiritishdi

AQSHda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 13-mart kuni Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga yana 5 ta medal qoʻshildi.

Qizlar oʻrtasida -81 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova 3 ta medalni qoʻlga kiritdi.

U dast koʻtarish mashqida 96 kg natijani qayd etdi va qozogʻistonlik raqibasi Olga Pastuxovani 4 kg farq bilan ortda qoldirib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Tursunoy siltab koʻtarishda 118 kg natija bilan ikkinchi boʻldi. Pastuxova 123 kg bilan ushbu mashqda va ikkikurashda gʻoliblikni tortib oldi.

- Bir yil avval Tursunoy Urganchda oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni unvonini qoʻlga kiritgan edi. Keyin, afsuski, jarohat oldi. Shunday boʻlsa-da, Toshkentda yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi. Agar oʻsha jarohat boʻlmaganida Tursunoy yanada yaxshiroq natijaga erishgan boʻlardi, - dedi Argentinadagi oʻsmirlar olimpiya oʻyinlari gʻolibasi, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, jahon rekordlari sohibasi Kumushxon Fayzullayeva.

96 kilogrammgacha vazn toifasidagi yigitlar bahsida Mirhosil Mirzaboyev uchta medalga sazovor boʻldi.

Dast koʻtarishda uch urinishni muvaffaqiyatli bajargan hamyurtimiz 143 kg natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Siltab koʻtarishda Mirhosil 168 kg toshni koʻtardi va4-oʻrin bilan kifoyalandi.

Ikki mashq yakuniga koʻra Mirzaboyev 311 kg natija bilan katta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oʻsmirlar oʻrtasida JCH. Las-Vegas, AQSH

Qizlar. - 81 kg

1. Olga Pastuxova (Qozogʻiston) - 215 kg

2. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) – 214 kg

3. Motoka Nakajima (Yaponiya) – 195 kg

Yigitlar. - 96kg

1. Rohat Bekpoʻlat (Qozogʻiston) - 323 kg

2. Onur Demirchi (Turkiya) – 315 kg

3. Mirhosil Mirzaboyev (Oʻzbekiston) – 311 kg

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2019 | 17:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169