Toshkentda yana bir yirik shaxmat turniri boshlandi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlab 13-bor oʻtkazilayotgan anʼanaviy TASHKЕNT(OPEN) xalqaro turniri boshlandi.

 

Shveysarcha tizimda oʻtadigan musobaqa 9 turdan iborat boʻladi. Ishtirokchilar mahorat darajasiga koʻra ikki guruhga boʻlingan – “A” va “B”. Kuchsiz guruhdan reytingi 1800 dan kam boʻlgan shaxmatchilar oʻrin olgan. Vaqt nazorati: 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, har bir yurishga qoʻshimcha 30 soniya beriladi. 19 martgacha davom etadigan musobaqa natijalari haqida xabar berib boramiz.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.03.2019 | 19:11
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169