Kumushxon Fayzullayevaning gʻalabasi va rekordlari

AQSH Las Vegas shahrida davom etayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston hisobiga yana 3 ta oltin medal yozildi. 64 kg vaznda qayd etilgan Kumushxon Fayzullayevaning gʻoliblikka asosiy daʼvogar ekanligi oldindan maʼlum edi. Sababi, u bir necha yildan buyon oʻz yosh va vazn tofiasida jahonda tengsizligini isbotlab kelmoqda. Eʼtiborlisi, sportchimiz murabbiylari bilan birgalikda bu gal ham muxlislar ishonchini oshigʻi bilan oqladi.

Kumushxon dast koʻtarishda 93 kg yakuniy natija tufayli eng yaqin taʼqibchisini 5 kg ortda qoldirdi. Bu ustunlik atletimizga siltab koʻtarishda ancha erkin harakat qilish imkonini berdi. U barcha raqiblari musobaqani tugatgandan soʻng chiqishini boshladi va 1-urinishdayoq jahon chempionligini rasmiylashtirdi. Shundan keyin bizda jahon rekordini oʻrnatish uchun juda yaxshi imkoniyat paydo boʻldi, chunki sportchimizda hali zahirada 2 ta urinish turgandi. Tabiiyki, jamoamiz Fayzullayeva timsolida bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Shu tariqa 122 kg siltab koʻtarishda va 215 kg ikkikurashda – 2 ta jahon rekordi oʻrnatgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Kumushxon Fayzullayeva dunyo ogʻir atletikasi tarixiga oʻz nomini yana bir marta yozib qoʻydi.

- Toʻgʻrisini aytsam, Kumushxondan yanada yuqoriroq natija kutgandik. Bizningcha, raqobat yetarli darajad boʻlmaganligi pand berdi. Mashgʻulotlarda Fayzullayeva bundan ogʻirroq toshlarni ham koʻtargan. Murabbiylarimiz vaziyatni tahlil qilib chiqib, tayyorgarlik jarayonini mukammallashtirishlari zarur. Zero, Kumushxon endi kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga hozirlik koʻradi, oldindagi raqiblar esa juda kuchli. Ijobiy natijaga erishish oson boʻlmaydi. Oʻylaymanki, Fayzullayeva 2020 yilgi Olimpiadaga yoʻllanma qoʻlga kiritish va Tokioda muvaffaqiyatli ishtirok etishni uddalaydiy, - deydi mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shahrillo Mahmudov.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.03.2019 | 19:11
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169