Butunjahon qishki universiadasi. Delegatsiyamiz aʼzolarini Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi prezidenti qabul qildi


Xabaringiz bor ayni kunlarda, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon qishki universiadada ishtirok etmoqda.

Sport musobaqalaridan tashqari delegatsiyamiz aʼzolari yurtimizda talabalar sportini yanada rivojlantirish yoʻlida boshqa davlat vakillari va xorijlik tashkilotlar bilan  hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borishdi.

Xususan, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi vakillarini Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Oleg Vasilyevich Matitsin qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Erkin Qodirov xalqaro tashkilot rahbariga yurtimizda talabalar oʻrtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Talabalar sporti boʻyicha ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida alohida assosiatsiya tashkil etildi va uning oldiga dolzarb vazifalar qoʻyildi. Hozirgi paytda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan talabalar oʻrtasida sportni ommalashtirish va yoshlarimizning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash boʻyicha ish olib borilmoqda” – dedi E.Qodirov.

Oʻz navbatida Oleg Vasilyevich Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish boʻyicha boshlangan amaliy harakatlardan mamnunligini, ushbu yoʻnalishdagi ishlarda u rahbarlik qilayotgan tashkilot tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanishini maʼlum qildi.

Shuningdek, uchrashuvda Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan tashkil etiladigan xalqaro musobaqalardan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.

Yakunda, tomonlar boks boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionatini Oʻzbekistonda oʻtkazish imkoniyatlarini oʻrganib chiqishga kelishib olishdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.08.2019 | 15:55
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169