Butunjahon qishki universiadasi. Parallel slalom bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda snoubordchilarimiz qanday natija ko‘rsatdi ?


Xabaringiz bor, Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon qishki universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

Bugun, 6-mart kuni “Skopka” sport majmuasida snoubordning parallel slalom yo‘nalishida bahslar o‘tkazildi. Boshqa yo‘nalishlarga nisbatan qiyinroq hisoblangan parallel slalom musobaqalarida vakillarimiz Yekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov ishtirok etib, ushbu sport turi bo‘yicha amaldagi Olimpiya va jahon chempionlari bilan raqobatga kirishdilar.

Yo‘l qo‘yilgan xatolik sabab Jasur bahslardan chetlashtirilgan bo‘lsa, Yekaterina saralashda gongkonglik raqibidan yaxshi natija ko‘rsatib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Afsuski, chorak finalda sportchimiz rossiyalik Yekaterina Salixovaga imkoniyatni boy berdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Yekaterina Lyabina bunday nufuzli musobaqada ilk bor qatnashganiga qaramasdan tajribali raqiblar bilan munosib bahs olib bordi. U parallel slalom-gigant va parallel slalom yo‘nalishlarida saralash bosqichidan o‘ta oldi.


Ta'kidlash joiz, ushbu yo‘nalishda oltin medallarni mezbonlar Milena Bikova va Dmitriy Karlagachev qo‘lga kiritishdi.
 

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169