Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi I Ochiq chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-17-fevral kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining dastlabki rasmiy musobaqasi boʻlgan oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi I Ochiq chempionati oʻtkazilmoqda.
 

Bugun gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
 

Tantanali kuy-qoʻshiqlar bilan boshlangan tadbirga estrada xonandalarining chiqishlari koʻtarinki rux bagʻishladi. Ayniqsa, yosh qilichbozlar ishtirokidagi koʻrgazmali chiqishlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, Markaziy Osiyo Konfederatsiyasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi hamda konfederatsiya aʼzolari hisoblangan Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston federatsiyalari mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, ushbu musobaqa ahamiyati haqida gapirdi.

“Soʻngi yillarda yurtimizda qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha rejali ishlar olib borilmoqda. Tashkil etilganiga hali koʻp boʻlmagan boʻlsa-da konfederatsiya tomonidan dastlabki musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilganidan ham uning samarali faoliyati olib borayotganini koʻrishimiz mumkin. Ushbu musobaqa ham yoshlarimiz oʻrtasida qilichbozlikni yanada ommalashtirishga, yangi isteʼdodlarni kashf etishga xizmat qiladi” –dedi Oybek Kasimov.

Qilichbozlikning har uchta yoʻnalishida tashkil etilgan musobaqada Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlatlaridan 150 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida konfederatsiya rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob bera turib ushbu musobaqa yaqinda boshlanadigan Osiyo chempionatiga oʻsmirlarni munosib tayyorlash maqsadida tashkil etilganini maʼlum qilishdi. Shuningdek, konfederatsiya tomonidan hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulot yigʻini hamda joriy yilda kattalar va fahriylar oʻrtasida chempionat tashkil etish rejalashtirilayotgani aytib oʻtildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169