Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari uchun umrbod oylik toʻlovlar toʻlab borilishi belgilangan edi.
Qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 27-dekabridagi va joriy yilning 7-fevraldagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik toʻlov oladigan sportchilar roʻyxati tasdiqlandi.
Hozircha umrbod oylik toʻlov toʻlab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindori soni 57 nafar.
Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan:
Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;
Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;
Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida
umrbod oylik toʻlab boriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktyabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan, umrbod toʻlovlarni olish uchun har yili 1-dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ariza va pasport nusxasi taqdim etilishi shart.
Sportchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qoʻllagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya gʻolib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik toʻlov toʻxtatiladi.
Taʼkidlash joiz, sportchi kelgusi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida yana gʻolib va sovrindor boʻlsa, unga umrbod oylik toʻlovlar oshirilgan miqdorda toʻlanadi.
Umrbod oylik toʻlanadigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida
gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar
Roʻyxati
T/r |
Sportchilar nomi |
Sport turi nomi |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtgan yillari va davlatlar nomi |
Qoʻlga kiritgan medali |
||
Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar |
||||||
1964-yil |
||||||
1. |
Babanina Svetlana |
suzish |
XVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari Tokio shahri (Yaponiya) |
bronza |
||
1976-yil |
||||||
2. |
Riskiyev Rufat |
boks |
XXIyozgi Olimpiya oʻyinlariMonreal shahri (Kanada) |
kumush |
||
1980-yil |
||||||
3. |
Pavlova Larisa |
voleybol |
XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari Moskva shahri (Rossiya) |
oltin |
||
4. |
Yambulatov |
oʻq otish |
XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari, Moskva shahri (Rossiya) |
kumush |
||
5. |
Ruziyev |
qilichbozlik |
XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari Moskva shahri (Rossiya) |
kumush |
||
6. |
Xam Yegorovna |
chim ustida xokkey |
XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari Moskva shahri (Rossiya) |
bronza |
||
1992-yil |
||||||
7. |
Chusovitina |
sport gimnastikasi |
XXV yozgi Olimpiya oʻyinlari Barselona shahri (Ispaniya) |
oltin |
||
1996-yil |
||||||
8. |
Bagdasarov |
dzyudo |
XXVI yozgi Olimpiya oʻyinlariAtlanta shahri (AQSH) |
kumush |
||
9. |
Toʻlaganov Karim |
boks |
XXVI yozgi Olimpiya oʻyinlariAtlanta shahri (AQSH) |
bronza |
||
2000-yil |
||||||
10. |
Abdullayev |
boks |
XXVII yozgi Olimpiya oʻyinlari Sidney shahri (Avstraliya) |
oltin |
||
11. |
Saidov |
boks |
XXVII yozgi Olimpiya oʻyinlari Sidney shahri (Avstraliya) |
bronza |
||
2004-yil |
||||||
12. |
Xaydarov |
boks |
XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari Afina shahri (Gretsiya) |
bronza |
||
13. |
Sultonov |
boks |
XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari Afina shahri (Gretsiya) |
bronza |
||
2008-yil |
||||||
14. |
Tangriyev Abdullo |
dzyudo |
XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlariPekin shahri (Xitoy Xalq Respublikasi) |
kumush |
||
15. |
Xilko |
trampolin |
XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlariPekin shahri |
bronza |
||
16. |
Fokin |
sport gimnastikasi |
XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlariPekin shahri |
bronza |
||
2012-yil |
||||||
17. |
Atoyev |
boks |
XXX yozgi Olimpiya oʻyinlariLondon shahri |
bronza |
||
2016-yil |
||||||
18. |
Nurudinov |
ogʻir atletika |
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya) |
oltin |
||
19. |
Zoirov |
boks |
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya) |
oltin |
||
20. |
Doʻsmatov Xasanboy |
boks |
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya) |
oltin |
||
21. |
Gaibnazarov Fazliddin Xasanbayevich |
boks |
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya) |
oltin |
||
22. |
Meliqoʻziyev Bektemir Roʻzmatjon |
boks |
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya) |
kumush |
||
|
|

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
07.12.2019 | 15:26