Qarshida voleybol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi

Qashqadaryo viloyati markazida voleybol boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida II Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda bank kolleji sport inshootlarida oʻtkazilayotgan musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 360 nafardan ziyod oʻgʻil-qiz ishtirok etmoqda.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda 12 ta jamoa, qizlarda esa 13 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Taʼkidlash joiz, ushbu musobaqada mazkur yosh toifasida shu paytgacha oʻtkazilgan mamlakat chempionatlari orasida ishtirokchi jamoalar soniga koʻra rekord natija qayd etildi.

Birinchi tur uchrashuvlari 17-fevralga qadar davom etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.02.2019 | 22:32
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169