Bir yil ichida Qoraqalpogʻistonda 3 ta zamonaviy yopiq suv havzasi qurildi, 2019-yilda Moʻynoqda ham qurish rejalashtirilmoqda


Mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlarni sportga faol jalb qilish, iqtidorli sportchilarni qoʻllab-quvvatlash, sport majmualari, zamonaviy sharoitlarga ega sport inshootlari barpo qilish, chekka hududlarda yashovchi yoshlarning ham sport bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratish masalalari davlatimiz va hukumatimizning doimiy eʼtiborida. Pespublikamizning turli hududlarida qad rostlagan va rostlayotgan inshootlarda bugun oʻgʻil-qizlarimiz sportning oʻnlab turlari bilan muntazam shugʻullanishmoqda. Ular orasida mamlakat va jahon miqyosidagi musobaqalarning gʻoliblari, chempionlar yetishib chiqayotgani aynan sohaga qaratilayotgan alohida eʼtibor mahsulidir.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, suzish, ayniqsa, oʻsmir organizmi uchun juda foydali. Sababi, bu jarayonda tanadagi barcha mushaklar faol harakat qilib, chiniqadi. Natijada qon aylanish tizimi yaxshilanadi, oʻpka, yurak faoliyati yaxshilanadi. Suzish yosh organizmga quvvat beradi, immunitetni mustahkamlaydi. Suvda harakatlangan kishining asablari tinchlanib, kayfiyati koʻtariladi. Shu sababli ham Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining 2019-2025-yillarga moʻljallangan manzilli dasturiga asosan Qoraqalpogʻiston Pespublikasining 9 ta tumanlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari qoshida yopiq suv havzalarini, shu jumladan 2019-yilda Moʻynoq tumanida zamonaviy sport inshootini va yopiq suv havzasi yangidan qurish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 411-sonli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining 2018 yil manzilli dasturiga Qoraqalpogʻiston Respublikasidan jami 5 ta sport obyekti kiritilib, bu ishlar uchun 21 mlrd. 520 mln. ajratildi. Amudaryo, Qoraoʻzak va Chimboy tumanlarida 25x11 metr oʻlchamdagi yangi suzish havzasi va Nukus shahridagi Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati maktabi uchun 100 oʻrinli yotoq va oʻquv xonalarini yangidan qurildi. Ellikqalʼa tumanida 25x11 m. oʻlchamda suzish havzasi va bolalar-oʻsmirlar sport maktabi rekonstruksiya qilindi.

 

Ushbu dastur asosida Qoraoʻzak tumanida 2018-yilning ikkinchi yarmida yopiq suv havzasi qurilishi boshlab yuborilgan edi. “Qoraoʻzak suv qurilish boshqarmasi” MCHJ ilgʻor quruvchilari 6 oy ichida bunyodkorlik ishlarini sifatli yakunlab, inshootni muddatidan oldin foydalanishga topshirishga erishdilar.

 

Ushbu yopiq suv havzasini qurish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 4,8 milliard soʻm ajratildi. Obyektda 11x25 metr oʻlchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shugʻullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar mavjud. Qoraoʻzak tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi qoshidagi ushbu inshootda bir kunda 120 nafar oʻgʻil-qiz suzish sporti sirlarini oʻrganishi uchun sharoit yaratilgan. Eʼtiborlisi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga jamgʻarma tomonidan 74 nomdagi 393 million soʻmlik jihozlar ham topshirildi.

 

2019-yil 6-fevral kuni Qoraoʻzak tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hududida qad rostlagan zamonaviy yopiq suv havzasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi komitet boshligʻi Daoʻitbay Qurbaniyazov, Oʻzbekiston Pespublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazir oʻrinbosari Sharifjon Moʻminjonov, tuman hokimi Dauletbay Utemuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Gʻayratbay Bayniyazov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati Joldas Abdijamilov, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston filiali direktori S.Saparniyozovlar soʻzga chiqib, sportchi va murabbiylarni, tuman ahlini yangi sport inshooti ishga tushirilishi munosabati bilan qutladilar.

 

Mazkur suzish havzasining foydalanishga topshirilishi Qoraoʻzak tumani yoshlari uchun quvonchli voqea boʻldi. Endilikda bolalar-oʻsmirlar sport maktabida suzish toʻgaragini tashkil etib, suv sporti turlarini ommalashtirish, oʻsmirlar va yoshlarining sogʻlom va barkamol voyaga yetkazishga hissa qoʻshish imkoniyati kengaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169