Taekvondochilarimiz BAAdan medallar shodasi bilan qaytishdi



Dam olish kunlarida Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WTF boʻyicha nufuzli xalqaro turnir oʻtkazildi.

“Fujayra Open” xalqaro turniri G1 toifasiga mansub boʻlib, unda jahon tasnif jadvali uchun muhim boʻlgan reyting ochkolari taqdim etiladi. Bu safargi turnir oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida tashkil etildi.

Amirliklardagi musobaqada hamyurtlarimiz jami 16ta medalga sazovor boʻlishdi. “Fujayra Open” xalqaro turnirida oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolaridan Muhammadamin Aliyev (-37 kg), Zafar Karimov (-45 kg), Aziz Oʻktamov (-48 kg), Komron Tohirov (-51 kg), Ulugʻbek Rashidov (-55 kg), Ravshan Ikromov (-59 kg), Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg), shuningdek qizlar oʻrtasida Madina Shoniyozova (-33 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-65 kg) oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlub etgan holda oltin medal bilan taqdirlanishdi.

Musobaqada hamyurtlarimizdan Nurlan Boyxoʻjayev (-41 kg), Shohzod Sayfiyev (-54 kg), Suhrob Bobobekov (-58 kg) hamda Diyora Imomaliyeva (-37 kg) kumush, Laylo Zayniddinova esa (-41 kg) bronza medali bilan taqdirlandi. Terma jamoamiz aʼzolari kecha yurtimizga qaytib kelishdi.

Taʼkidlash joiz, vakillarimizni ushbu musobaqaga Akmal Ergashev, Sobir Nazaraliyev va Jasur Boyqoʻziyev kabi mahoratli murabbiylarimiz tayyorlashdi.

 

OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169