Qoʻqon shahrida Prezident topshirigʻiga koʻra qurilgan basseyn foydalanishga topshirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 22-23-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida Qoʻqon shahrida yangi usti yopiq suv inshooti qurish taklifini bildirgan edi. Kuni kecha Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan yana bir savobli ish nihoyasiga yetkazildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan barpo qilingan hududdagi oʻninchi obyektning ochilish marosimida jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ushbu yopiq suv havzasini qurish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 4.5 milliard soʻm ajratildi. Obyektda 11x25 metr oʻlchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shugʻullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar mavjud.

Qoʻqon shahridagi 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi qoshidagi ushbu inshootda bir kunda 120 nafar oʻgʻil-qiz suzish sporti sirlarini oʻrganishi uchun sharoit yaratilgan. Eʼtiborlisi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga jamgʻarma tomonidan 200 million soʻmlik jihozlar ham topshirildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi tegishli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan sport inshootlari manzilli dasturiga Fargʻona viloyatidagi 10 ta obyekt kiritilgandi. Ushbu hujjat asosida Beshariq, Uchkoʻprik, Rishton, Oltiariq, Fargʻona, Quva, Toshloq tumanlaridagi BOʻSMlar maydoni va Margʻilon shahridagi “Atlaschi” stadioni rekonstruksiya qilindi.Shuningdek, Qoʻqon shahridagi 2-BOʻSM suzish havzasi kapital taʼmirlandi.

 

Maʼlumot oʻrnida keltirib oʻtish joiz, 2018-yil dasturiga asosan, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan shu paytga qadar yopiq suv havzasi boʻlmagan hududlarda jami 9 ta zamonaviy basseyn qurildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.08.2019 | 15:55
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169