Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri endilikda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga raislik qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari orqada qolayotgani keskin tanqid qilinib, mazkur yoʻnalishdagi ishlarini tartibga solish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan edi.

 

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining homiylik mablagʻlarini oʻz vaqtida shakllantirish, sport inshootlarini belgilangan muddatlarda va sifatli foydalanishga topshirishni taʼminlash hamda bu borada hokimliklarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2018 yil 5 iyuldagi 507-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qarorga muvofiq, endilikda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raislik qiladi. Oʻz navbatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy Jamoat kengashlari raislari etib belgilanib, ularning sport inshootlarida qurilish-montaj ishlarining borishi va ularning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi boʻyicha shaxsiy javobgarliklari oshirildi.

 

Shu bilan birga, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sport obyektlarini qurishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va respublika hududlarida quriladigan obyektlar loyihalariga tatbiq etish maqsadida jamgʻarma hamda qurilish va loyiha tashkilotlarining malakali mutaxassislari xorijiy davlatlarga yuboriladi, shuningdek tajriba almashish uchun xorijdan mutaxassislar jalb etiladi.

 

Maʼlumot uchun: Jamgʻarma mablagʻlari xayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan oʻtkaziladigan homiylik oʻtkazmalari, Davlat byudjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.06.2019 | 23:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169