Sportni targʻib qilgan tashkilot rahbarlari ragʻbatlantiriladi

2019-yilning 7-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Hukumat qarori bilan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, ragʻbatlantirish tanlov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • tashkilotlarning barcha boʻlinmalari miqyosida tashkil etilgan sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazganligi uchun;
  • aholining keng qatlamlari oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun tashkilotlar har yili 1-avgustgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot, video - va fotolavhalar;
  • har bir tanlov ishtirokchilari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchining yozma axboroti.

Ishtirokchilarning amalga oshirgan ishlarini baholash uchun Vazirlikda 5 kishilik ishchi guruh tuziladi.

Gʻoliblar ishchi guruh tomonidan 10-sentyabrgacha aniqlanadi hamda sertifikat, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Tanlovni oʻtkazish quyidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi:

 


 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.03.2019 | 19:11
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169