Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik gandbolchi qizlar birinchi, yigitlar ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi

Joriy yilning 22-28-dekabr kunlari Singapurda gandbol boʻyicha Janubiy-Sharqiy Osiyo ochiq chempionati musobaqasi oʻtkazildi. 21 yoshgacha boʻlgan qizlar va yoshlar jamoalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoalari ham ishtirok etishdi.


Dastlabki oʻyinlarda yoshlar jamoamiz Hindistonni 27:15, Malayziyani 40:15, Xitoy Taypeyni 36:11, Gongkongni 23:17 va mezbon Singapurni 47:15 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Bugun oʻtkazilgan final bahslarida Yaponiya jamoasiga qarshi kechgan bahslarda yigitlarimiz 23:26 hisobida imkoniyatni boy berishdi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.



Qizlarimiz esa musobaqa davomida oʻtkazilgan oʻyinlarda hindistonliklardan 24:20, Xitoy Taypeydan 20:13 va Singapur jamoasidan 30:15 hisobida ustun kelishdi. Bugun oʻtkazilgan final bahslarida ham oʻzbek qizlari Yaponiya jamoasini 29:22 hisobida magʻlubiyatga uchratib chempionlikni qoʻlga kiritishdi.
 


 

Musobaqa yakunida qizlarimizdan Umida Xudaykulova “Eng yaxshi darvozabon”, Dilbar Baxromova “Eng yaxshi oʻyinchi” nominatsiyasi bilan taqdirlangan boʻlsa, yoshlarimizdan Sardor Elmurodov “Eng yaxshi darvozabon” va Suxrob Davronov “Eng yaxshi oʻyinchi” deb topildi.

 



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.01.2019 | 17:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169