Buxoroda yoshlar oʻrtasida ot sporti boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Maʼlumki, ot sporti deganda konkur (toʻsiqlardan sakrab oʻtishning yuksak turi); uchkurash (manejda yurish), dalada sinash (stipl-cheyz, kross) va toʻsiqlardan sakrab oʻtish; poyga, otda ov qilish, ot yoʻrgʻalash va boshqalarni tushunamiz. Ushbu sport turining oʻziga xos jozibadorligi, zavqi va nafisligi beixtiyor insonni oʻziga rom etadi.

Quvonarlisi shundaki Buxoro viloyatida ham ot sportiga qaratilayotgan eʼtibor kun sayin ortib bormoqda. Xususan, joriy yilning 25-dekabr kuni Buxoro viloyatidagi sport yakka kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida yangi yil bayrami munosabati bilan ot sportining uchkurash yoʻnalishida musobaqa oʻtkazildi.

Qiziqarli va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan musobaqada asosan oʻsmir va kichik yoshdagi sportchilar ishtirok etishdi. Balandligi 1.10 metr boʻlgan toʻsiqlardan sakrab oʻtish bahsida oʻsmirlardan Ruslan Ostonov, Timur Gulyamov va Moʻminmirzo Abdullayev sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Kichik yoshdagi sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan balandligi 0.70 metr boʻlgan toʻsiqlardan sakrab oʻtish musobaqasida birinchi oʻrinni Shoxjaxon Qudratov qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Maxmud Shonazarov va Baxodir Ziyoyevga nasib qildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.01.2019 | 17:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169