Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi amaldagi jahon chempionini magʻlub etdi


Shu kunlarda shaxmatning blis va rapid yoʻnalishlari boʻyicha Sankt-Peterberg shahrida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida Oʻzbekistonlik yoshlar ham ishtirok etishmoqda.

Chempionatda ishtirok etayotgan 16 yoshli vakilimiz Shamsiddin Vohidov sensatsion natijani qayd etdi. Bugun oʻtkazilgan rapid yoʻnalishidagi bahslarning ikkinchi turida hamyurtimiz norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan gʻalabaga erishdi.

Turnirga Karlsen 1-raqamli shaxmatchi sportchi sifatida tashrif buyurgan. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov esa musobaqada 188-raqamda saralangan.
 

22-yurishda qoʻpol xatoga yoʻl qoʻygan Karlsen figuralardan birini berishi kerak edi, biroq buni oʻrniga farzinni qurbon qilishga qaror qildi. Qora donalarda tosh surgan Shamsiddin vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, 36-yurishda raqibini taslim boʻlishga majbur etdi.

Bahslarda ishtirok etayotgan boshqa sportchilarimizdan Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Stanislav Novikov bilan oʻyinda durangga erishgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov ispaniyalik Lopes Ivan Salgadoga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, 24-noyabr – 3-dekabr kunlari Turkiyaning Koʻnyo shahrida 16 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ushbu yosh shaxmatchilarimiz birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Prezidenti sovgʻasi – “Spark“ avtomobillari bilan taqdirlangan edilar.

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.01.2019 | 17:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169