III Paraosiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari hamda ularning trenerlari munosib taqdirlandi

III Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlar boʻlgan sportchilarimizni pul mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishlari imzolagani haqida xabar bergan edik.

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida ushbu mukofotlarni egalari topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi raisi Ulugʻbek Mirhaydarov va boshqalar ishtirok etishdi.

 

Dastlab, Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 4 dekabr kuni imzolangan “III Parosiyo oʻyinlarining gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash toʻgʻrisida”gi Farmoyishini oʻqib eshittirdi.

Unga koʻra, Paraosiyo oʻyinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi, shogirdlari oltin medalni qoʻlga kiritgan trenerlar 2500, kumush medal 1500, bronza medalga ega chiqqan sportchilarimizning trenerlari esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi.

Tantanali tadbirda Oʻzbekiston terma jamoa aʼzolari yengil atletikachi Xusniddin Norbekov, suzuvchi Fotima Amilova, dzyudo boʻyicha trener Hasan Qosimovlar soʻzga chiqib, Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini, kelgusida ham gʻalaba qozonish uchun yanada ishtiyoq bilan mehnat qilishlarini bildirishdi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 6-13-oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan III Paraosiyo oʻyinlarida 42 ta davlatdan 2831 nafar sportchilar ishtirok etdi.

 

Ushbu sport musobaqalarda sportning 17 ta turi boʻyicha 421 komplekt medallar oʻynaldi. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 5 ta sport turida 54 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

 

Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta sport turi (dzyudo,yengil atletika, suzish, oʻq otish va pauerlifting) boʻyicha 35 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza, jami 77 ta medallarga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida 42 ta davlatdan 5-oʻrinni egalladi hamda oʻzbek sporti tarixidagi Paraosiyo oʻyinlarida medallar boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169