Samarqandlik kurashchilar Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi

Foto: Hasan Paydoyev

Bugun, 19-dekabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kurash boʻyicha jamoalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Foto: Hasan Paydoyev

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida oʻtayotgan bellashuvlar erkaklar oʻrtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar oʻrtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori boʻlgan vazn toifalarida tashkil etildi.

Foto: Hasan Paydoyev

Erkaklar bahslarida 2000-yilda tugʻilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa 2001-yil va undan oldin tavallud topgan sportchilar gʻoliblik uchun kurashdilar.

Foto: Hasan Paydoyev

Musobaqa Nizomiga koʻra har bir jamoa tarkibidan koʻpi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi oʻrin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishdi.

Foto: Hasan Paydoyev

Yarim finalda Samarqand jamoasi andijonlik kurashchilarini 12.3 hisobda magʻlub etgan boʻlsa, Qashqadaryo va Surxondaryo jamoalari bellashuvida esa surxonlik polvonlarning 9:6 hisobda qoʻli baland keldi.

 

Samarqand va surxondaryolik kurashchilar oʻrtasidagi final bahslarida 8:5 hisobi bilan muddatdan avval gʻalaba qozongan Samarqand viloyati jamoasi Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.01.2019 | 17:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169