Oʻzbekiston va Qozogʻiston zamonaviy beshkurash federatsiyalari oʻrtasida memorandum imzolandi

Bugun Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Qozogʻiston beshkurash federatsiyasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi 2017-yilning fevral oyida tashkil qilingan boʻlib, unda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, oʻq otish, yugurish va suzish boʻyicha bellashadi.

Mazkur hamkorlik doirasida ikki mamlakat sportchilarining malakasini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan boʻlib, nafaqat sportchilar, balki murabbiylar ham oʻzaro tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

– Federatsiya rahbari sifatida oʻzimning ilk oltmish kunlik ish rejamni ishlab chiqqanman, – deydi Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gazziyev. – Biz kelgusi yilda mazkur sport turini mamlakatimizda yanada ommalashtirish maqsadida Qatar va Qozogʻiston beshkurash federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik bitimini imzoladik. Bu orqali sportchilarimizning malakasi va mahoratini yanada oshirishga harakat qilyapmiz. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma qoʻlga kiritish va unda munosib ishtirok etish.

 

Eslatib oʻtamiz, 11-dekabr kuni Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Qatar beshkurash federatsiyalari bilan ham hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolagan edi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 11:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169