Shaxmat boʻyicha Olimpiada chempionlariga Prezident sovgʻasi — “Spark“ avtomobillari sovgʻa qilindi

Foto: Hasan Paydoyev
 

Xabaringiz bor, 24-noyabr – 3-dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida yosh shaxmatchilarimiz birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.

Foto: Hasan Paydoyev

Bugun ushbu yosh iqtidor egalarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazilib, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev va Shamsiddin Vohidovlarga Oʻzbekiston Prezidenti sovgʻasi – “Spark“ avtomobillari topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Olimpiya qoʻmitasi rasmiylari ishtirok etishdi.

 

Foto: Hasan Paydoyev

Taqdirlash marosimida mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan eʼtibor va gʻamxoʻrlik samarasida oʻzbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani taʼkidlandi.

Darhaqiqat, shaxmatchilarimiz soʻnggi yillarda nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Jumladan, dunyoning 39 davlatidan 46 jamoa ishtirok etgan Jahon shaxmat olimpiadasida vakillarimiz Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha va Moldova kabi mamlakatlarning kuchli terma jamoalarini magʻlubiyatga uchratdi. Faqat AQSH terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va yakunda musobaqa gʻolibiga aylandi.

Mazkur musobaqada Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib, oʻz taxtasida oltin medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, Shamsiddin Vohidov 8 imkoniyatdan 7,5 ochko jamgʻarib, toʻrtinchi taxtada oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Abduhakimov Prezidentimizning shaxmatchilarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (151)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.12.2018 | 19:49

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169