III Paraosiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshiriladi



2018-yilning oktyabr oyida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida oʻtkazilgan III Paraosiyo oʻyinlari Oʻzbekiston sportchilari 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza, jami 77 ta medalni qoʻlga kiritib, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yanada yuksaltirishga, xalqimizning qudrati va salohiyatini namoyon etishga munosib hissa qoʻshdi.

 

Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqada 54 nafar sportchi bilan ishtirok etib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasiga erishgan edi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 4-dekabr kuni III Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlar boʻlgan sportchilarimizni pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

 

Unga koʻra, Paraosiyo oʻyinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanadilar.

 

Ushbu pul mukofotlari III Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash uchun tashkil etiladigan taqdirlash marosimida oʻz egalariga topshiriladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.02.2019 | 22:32
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169