Respublikamizning barcha hududlarida Konstitutsiyamizning 26 yilligi bagʻishlab sport musobaqalari oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu sport musobaqalari qizgʻin bahslarga boy boʻlmoqda.


Xususan, 29-noyabr kuni Xatirchi tumanida “Oʻzbekiston yoshlari - yangi zamon bunyodkorlari!“ shiori ostida yoshlar oʻrtasida velomarafon, yugurish marafoni, mini-futbol, basketbol, voleybol, stol tennis, shaxmat, shashka sport turlari boʻyicha “Yoshlar spartakiadasi“ sport musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqalarda 500 nafarga yoshlar jalb etildi.

Shu kuni erkin kurash boʻyicha 2005-2007-2008-2010-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Xatirchi tuman BOʻSM ochiq birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaga Navoiy viloyati hamda qoʻshni Samarqand viloyatining Oqtosh, Narpay, Kattaqoʻrgʻon tumanlari tashrif buyurgan jami 180 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etishdi.

Bu kabi musobaqalar viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etilib, 1-dekabr kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Konstitutsiya qomusimiz” shiori ostida 50 nafar yoshlar ishtirokida badminton boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.


Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan musobaqalar Qashqadaryo viloyatida yuqori saviyada tashkil etildi. Jumladan, 2 dekabr kuni Qarshi tumanida dzyudo sport turi boʻyicha 2006-2008, 2009-2012-yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ochiq birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada jami 200 nafar sportchilar ishtirok etishib, shundan 56 nafarini qizlar tashkil etdi.


Dehqonobod tumanida esa kasb-hunar kollejlari va xalq taʼlimi muassasalari xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 100 nafarga yaqin ishchi xodimlar ishtirok etishdi.

Ushbu sanaga bagʻishlab, Buxoro viloyati Vobkent tumanida 2000-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir atletika sport turi boʻyicha viloyat ochiq birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida esa 1-2-dekabr kunlari gimnastika boʻyicha ochiq turnir oʻtkazildi.

Sport musobaqalarning gʻolib va sovrindori diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan sport musobaqalari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Qanday sport turlarini bilasiz (168)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.12.2018 | 19:49

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169