Shahram G‘iyosovga “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi



Kecha, 28-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Olimpiya o'yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G'iyosovni qabul qildi.

 


Uchrashuvda Shahram G‘iyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi g‘alabalari hamda yurtimizda sportni ommalashtirish yo‘lidagi say-harakatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishoni topshirildi.

 

Vazir Dilmurod Nabiyev Shahram G‘iyosovga qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lidagi say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sportchimizning yutuqlari yoshlarimiz orasida boksga, umuman sportga bo'lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini ta'kidladi hamda vazirlik bundan keyin ham bokschimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

 

Xabaringiz bor, Shahram G'iyosov joriy yilning 25-noyabr kuni Amerika Qo'shma Shtatlarining Atlantik-Siti shahrida bo'lib o'tgan professional boks kechasida navbatdagi raqibi meksikalik tajribali bokschi Migel Zamudioni ilk raundayoq maglub etgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil Braziliyaning “Rio-de-Janeyro”da bolib otgan yozgi Olimpiada oyinlarining boks musobaqasida kumush medalni qolga kiritgan Shahram G'iyosov bugungi kungacha professional boksda 6 ta jang otkazgan va ularning barchasida galaba qozongan, u 5 ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.11.2019 | 20:14
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169