Jismoniy tarbiya va sport sohasiga innovatsiyalarni joriy etishda Jahon Banki bilan hamkorlik qilinadi


Bugun Jahon Banki delegatsiyasi bilan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligida oʻtkazilgan uchrashuvda vazir Dilmurod Nabiyev delegatsiya aʼzolariga yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, aholini sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

 

Tadbirda Jahon Banki ekspertlari bilan Oʻzbekiston sport tizimini boshqarishda innovatsiyalarni amalga oshirish, jahon standarti talablariga mos sport xodimlarini, oʻqituvchi-trenerlarini tayyorlash, sport inventarlari bilan jihozlash, sportga davlat-xususiy sherikchilik tizimi hamda axborot texnologiyalarini tatbiq qilish kabi masalalarning hamkorlikdagi yechimlari muhokama qilindi.

 

Yakunda tomonlar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi yirik loyihani hamkorlikda ishlab chiqish hamda amalga oshirishga kelishib olishdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 11:07
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169