Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha talabalar qabul qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 924-sonli qarori bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali tashkil etildi.
 

Filialning asosiy vazifalari etib, sport faoliyati, jismoniy tarbiya va sport menejmenti maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport psixologiya (sport) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;

xizmatlar va sogʻlomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy- texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy pedagogik salohiyatini oshirib borish belgilandi.

 

2019/2020-oʻquv yilida Filialga quyidagi yoʻnalishlarda 50 nafar talaba qabul qilinadi:

- Sport faoliyati: badiiy gimnastika;
- Sport faoliyati: dzyu-do;
- Sport faoliyati: basketbol;
- Sport faoliyati: voleybol;
- Sport faoliyati: eshkak eshish;
- Sport faoliyati: erkin kurash;
- Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
- Psixologiya (sport).

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

2020/2021-oʻquv yilidan boshlab tegishli taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha ravishda:

 

- Sport faoliyati: boks;
- Sport faoliyati: suzish;
- Sport faoliyati: kurash;
- Sport faoliyati: futbol.

 

2021/2022-oʻquv yilidan boshlab tegishli taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha ravishda:

 

- Sport faoliyati: yengil atletika;

- Sport faoliyati: ogʻir atletika;
- Sport faoliyati: qoʻl toʻpi;

- Sport faoliyati: yunon-rum kurashi yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlanadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169