Buxoro tosh koʻtarish sporti boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi



Joriy yilning 2-6 noyabr kunlari Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasida tosh koʻtarish sport boʻyicha kattalar, yoshlar, oʻsmirlar, faxriylar va imkoniyati cheklanganlar oʻrtasida 26-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

 

Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Ukraina, Afgʻoniston, Hindiston kabi 15 ga yaqin davlatlarning 300 dan ziyod vakillari turli vazn toifalarida 10 daqiqa mobaynida 16 ,24 va 32 kilogrammli toshlarni koʻtarish mashqlarida mahoratlarini namoyish etishdi.

 

Musobaqada eng koʻp medallar mamlakatimiz vakillariga nasib etdi. Kattalar oʻrtasida dastlabki oltin medalni andijonlik Sardor Ergashev qoʻlga kiritdi,u24 kilogrammli toshni dast koʻtarish natijalariga koʻra raqiblaridan oʻzib ketdi. Shuningdek, Asadbek Oʻzganboyev, Bahodir Yoʻlchiyev, Islombek Hakimjonov, Maʼrufjon Hakimjonov, Shodilbek Ergashev,Ibrohim Nazarovlar, Ayollar oʻrtasida Muhtarama Aliyeva, Nigora Oʻzganova,Yodgoroy Najimova va Gulmira Raxmonova kabilar ham oʻzining tengsizligini isbotlab, shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Yoshlarimiz ham chempionatda yuqori mahoratlarini namoyish qildi. Buxorolik Gʻaybullojon Rahmatov - ulardan biri. Jahon chempionatida uchunchi bor ishtirok ishtirok etayotgan, yoshlar oʻrtasida 80 kilogramm vaznda kuch sinashgan bu polvon tajribali raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi. U 32 kilogramli toshni koʻtarib, oltin medalli boʻldi. Fayzullayev Muxammadali 60kg.vaznda, Sharafutdinov Ulugʻbek 75kg. Abror Abdukodirov 80vaznda, Xodjayev Muhammadamin oʻta ogʻir vaznda oltin medallarni koʻlga kiritishdi.

 

Oʻsmirlarimiz ham musobaqada oʻzlarini koʻrsatishdi.Jumladan, mamlakatimiz terma jamoasining kenja vakili, andijonlik 12 yoshli RuxshonaTolibjonova 50 kilogramm vaznli raqibalari davrasida bahs yuritdi va 16 kilogrammli toshni 133 marta koʻtarib, jahon rekordini yangiladi.

 

Faxriylar oʻrtasidagi bahslarda mamlakatimiz vakillari Fazliddin Raximov, Abdullo Raxmatov, Lochin Xusanov,Jamshid Mirzayev, Juma Umurov va Burxon Otaxonov mamlakat sharafini munosib himoya qilib oltin medallarni kulga kiritishdilar.

 

Taʼkidlash joiz, bu galgi chempionatda ilk bor imkoniyati cheklangan sportchilar ham ishtirok etdi. Uning gʻoliblari roʻyxatidan Buxorolik Narzibek Sharipov, Shavkat Mamedov va Ashraf Umurov hamda ayollar oʻrtasida Zebochehra Sobirjonova va Gulchehra Ibroximovalar oltin medallar sohibi boʻlishdi.

 

Chempionatda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida gʻolib chiqdi.

– Vakillarimiz chempionatda 21 ta oltin, 8 ta kumush va 12 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi, Bu ham oʻziga xos rekord,-- deydi mamlakat Bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish sporti federatsiyasi raisi Vohid Najmiddinov. – Muvaffaqiyatlarimiz bejiz emas. Seleksiya ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻygan holda mashgʻulotlar jarayonida polvonlarimizning texnik va jismoniy tayyorgarligiga tizimli eʼtibor qaratganimiz yutuqlar omili boʻldi. Yana bir jihat.Musobaqa oʻsmir sportchilarimiz uchun tajribalarini oshirishlariga xizmat qilishi nuqtai nazaridan ahamiyatli boʻldi.

Chempionatda Ukraina va Qozogʻiston vakillari tegishli ravishda ikkinchi – uchinchi oʻrinlarni egalladi.

 

Gʻoliblar va boshqa sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Jahon chempionati doirasida tosh koʻtarish sporti boʻyicha Osiyo xalqaro federatsiyasining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish sporti federatsiyasi raisi Vohid Najmiddinov qitʼa xalqaro federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.04.2019 | 14:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169