Ogʻir atletika. Jahon chempionati qizgʻin pallaga kirmoqda

Turkmaniston poytaxtida 1-10-noyabr kunlari 2018-yilgi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bunday nufuzli musobaqa erkaklar oʻrtasida 84-marotaba, ayollar oʻrtasida esa 27-bor oʻtkazilmoqda.

Ogʻir atletika boʻyicha dastlabki jahon chempionati 1891-yil 28-mart kuni Londonda tashkil etilgan boʻlib, oʻshanda 6 mamlakatdan 7 atlet sovrinlar uchun bahs olib borgan edi. 1905-yili sportchilar ilk marotaba vazn toifalari boʻyicha alohida musobaqalashishgan. 70 kg (yengil vazn), 80 kg (oʻrta vazn) va 80 kgdan ziyod (ogʻir vazn) toifalarida chempion va sovrindorlar aniqlangan.

Ashxoboddagi chempionat avvalgi yilgisidan keskinligi bilan ajralib turibdi. Buning oʻziga xos sabablari bor, albatta. Jumladan, 2017-yil 30-sentyabrda Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Belorussiya, Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Ukraina va Moldaviya terma jamoalarini 2008 yilgi Pekin va 2012-yilgi London olimpiadalarida ishtirok etgan kamida uchtadan sportchilari dopingdan foydalangani aniqlangani bois xalqaro musobaqalardan chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi. 2017-yil 1-noyabr kuni IWF 500 ming dollar miqdorida belgilangan jarima pulini toʻlamagani uchun Bolgariya termasini bir yil muddatga xalqaro musobaqalardan chetlatdi. AQSHning Anaxaym shahri qabul qilgan 2017-yilgi jahon chempionatiga sabablarini koʻrsatmay KXDR termasi tashrif buyurmadi.

Oʻtgan yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari jami 5 ta medal sohibiga aylanishgan edi. Sportchilarimiz bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza medallari bilan mukofotlangandi.

Oltin medalni termamizga -69 kg vazn toifasida Doston Yoqubov keltirgandi. U siltab koʻtarish mashqida 179 kg natija bilan birinchi oʻrinni egallagandi.

Bu yil Ashxobodda atletlar yangi vazn toifalarida muobaqalashishmoqda.

Doston -67kg vazn toifasida supachaga chiqdi. Vazn tashlash yakuniy natijaga taʼsir koʻrsatdi. Sportchimiz ikkinchi urinishda 180 kg natijani qayd etdi va kamida ikkinchi oʻrinni naqd etib qoʻydi. Uchinchi urinishda esa 184 kg tosh sportchimizga boʻysunmadi. Agar mana shu urinishi muvaffaqiyatli chiqqanida Doston siltab koʻtarishda oltin, ikki mashq yakuniga koʻra esa kumush medal sohibi boʻlardi. Yoqubov endi uch karra jahon chempioniga aylangan xitoylik Chen Liszyungagina yutqazgani eʼtiborga molik.

Darvoqe, natijalarini muttasil yaxshilab borayotgan Doston oʻtgan yili Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida hamda shu yil avgust oyida Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida kumush sovrindorga aylangani diqqatga sazovor.

Bugun biznikilardan Tursunoy Jabborova (-81) va Akbar Joʻrayev (-102) oʻz omadini sinab koʻradi. Har ikkala atletimiz – oʻz vazn toifasida kuchlilar guruhida eng yosh ishtirokchi ekanini taʼkidlab oʻtish darkor.

Masalan, 16 yoshli Tursunoy amaldagi jahon chempioni (-75) ispaniyalik mashhur Lidiya Valentina Peresdan 17 yosh kichik.

19 yoshli Joʻrayev bugun qozogʻistonlik mashhur Ilya Ilin va eronlik jahon chempioni (-105) Ali Xoshimiy bilan bahslashadi.

Jahon chempionati arafasida Ilin salomatligidagi muammolar tufayli Ashxobodda yosh jamoadoshiga koʻmak berishi va oʻziga xosoʻynovchi murabbiysifatida ishtirok etishini bildirgani eʼtiborga molik.

Bizning eng katta umidlarimiz ertaga va indinga bahsga kirishadigan olimpiya chempioni va rekordchisi Ruslan Nurudinov (-109) va Rustam Jangaboyev (+109) bilan bogʻliq.

 

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (140)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.11.2018 | 18:50

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169