AIBA prezidentligiga saylangan Gʻofur Rahimov Oʻzbekistonga keldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-noyabr kuni Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Kongressida hamyurtimiz Gʻofur Rahimov Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Prezidenti qilib saylangan edi.

Bugun Gʻofur Rahimov “Toshkent” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan kutib olindi. Kutib olishga chiqqanlar hamyurtimizni masʼuliyatli lavozimga saylangani bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

 

Eslatib oʻtamiz, saylovda qatnashgan 134 mamlakat vakillaridan 86 nafari Gʻofur Rahimovga oʻz ovozini berib, hamyurtimiz gʻalaba qozongan edi. Endi Gʻ.Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.03.2019 | 19:11
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169