Oʻsmirlarimiz Olimpiya oʻyinlarida 206 ta mamlakat ichida 13-oʻrinni egallashdi

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi. Ushbu oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 17 ta sport turi boʻyicha 37 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Oʻyinlar yakuniga koʻra oʻzbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qoʻlga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir.

Oʻzbekistonlik sovrindor sportchilar roʻyxati:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullayeva (ogʻir atletika)

Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Abdumalik Xalakov (boks)

 

Kumush:

Ulugʻbek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (ogʻir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Shohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Yermagambetova (dzyudo)

Indira Oʻlmasova (gimnastika, mikst).

Dolera Davronova (ogʻir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)

Jahongir Rahmonov (boks)

Dildora Aliqulova (karate)

Timur Merjanov (boks).

Maʼlumot uchun, ushbu Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz yangi yoʻnalishlarda ham medallarga sazovor boʻla oldilar. Jumladan, bungacha Oʻzbekiston oʻsmirlar Olimpiadasida ogʻir atletika boʻyicha hech qachon oltin medal qoʻlga kiritmagandi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari boʻyicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha ham avvalgi Olimpiya oʻyinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.

Oʻyinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qoʻlga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi oʻsmirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati boʻyicha 27-oʻrinni egallashgandi. Guvohi boʻlganimizdek, bu safargi oʻyinlarda terma jamoamiz oʻz pozitsiyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-oʻrindan joy oldi. Bu orqali Oʻzbekiston oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlaridagi oʻz rekordini yangiladi.

Bu borada biz Osiyoda beshinchi, MDHda uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi boʻla oldik. Qoʻshni mamlakatlar ichida eng yaqin taʼqibchimiz Qozogʻiston terma jamoasi 10 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) 15-oʻrindan joy oldi. Qirgʻiziston esa 3 ta medal (2 ta kumush, 1 ta bronza) bilan 69-pogʻonadan oʻrin oldi. 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan Afgʻoniston vakillari 90-oʻrinni egallashdi. Yana ikki qoʻshnimiz Tojikiston va Turkmaniston terma jamoasi vakillari medallar qoʻlga kirita olishmadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 15:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169