Xorazmda sportni ommalashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan edi. Mazkur yigʻilishda hududlarda sportni ommalashtirish boʻyicha ishlarni oʻrganib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi berilgan edi.

 

Shu munosabat Jismoniy tarbiya va sport vaziri Nabiyev Dilmurod boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning 5-6-oktyabr kunlari Xorazm viloyatida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

 

 

Dastlab, ishchi guruh aʼzolari Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati va 2015-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan Urganch shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasiga tashrif buyurib, inshootlardan foydalanish samaradorligi, moddiy-texnik ahvoli va futbol maydonini koʻzdan kechirishdi. Shovot, Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangiariq va Bogʻot tumanlarida joylashgan BOʻSMlarda sportni ommalashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan bir guruh fidoyilarga, xususan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shokir Madaminov, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori Hamro Bektemirov, Yangibozor tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi belbogʻli kurash murabbiysi Bekbergan Boltayev, Gurlan tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi velosport murabbiysi Mahmud Qoʻshchanov va Xiva shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ogʻir atletika murabbiysi Pirnazar Madrimov ga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Yakunda hududiy boshqarma va sport taʼlimi muassasalari rahbarlariga jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, sport inshootlarining kuz-qish mavsumida ham aholiga uzluksiz xizmat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha vazifalar berildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (108)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.10.2018 | 09:55

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169