“Xotin qizlar haftaligi”da yoshi ulugʻ onaxonlar ham badantarbiya mashgʻulotlarini bajarmoqda

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda “Taʼlim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida ommaviy tadbirlar oʻtkazish vazifasi berilgan edi.

Shunga muvofiq, joriy yilning 8-13-oktyabr kunlari jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishda “Xotin-qizlar sport haftaligi” deb eʼlon qilindi. Haftalik doirasidagi tadbirlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Haftalik mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari, tibbiyot birlashmalari hamda mahallalarda tashkil etilib, unda badantarbiya, sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, voleybol, stol tennisi, badminton turlari boʻyicha oʻyinlar oʻtkazilmoqda. Haftalik dastlabki kunlarida 200 ming nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etib, ular orasida 5 yoshli qizaloqlardan tortib 70 yoshli onaxonlar ham bor.

 

“Sogʻlom ayol – sogʻlom jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan haftalikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari barcha xotin-qizlarni sport tadbirlarida faol qatnashishga chaqirmoqda. Vazirlik tomonidan sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan bukletlar chop etilib, aholiga tarqatilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1-7 oktyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar haftaligi” oʻtkazilib, unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev aholi bilan birga badantarbiya mashqlarini bajargan edi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (149)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.12.2018 | 19:19

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169